AI yordamida referat yozish
Mavzuni yozing, tayyor referat bir necha daqiqada.
SlideMind referatning rejasini tuzadi, mavzu bo‘yicha manbalarni o‘rganadi va matnni titul varag‘i bilan birga yozadi. Siz tekshirib, Word yoki PDF qilib yuklab olasiz.
Mavzu
Sun’iy intellektning ta’limdagi o‘rni
Sun’iy intellektning ta’limdagi o‘rni
- Kirish3
- I bob. Sun’iy intellekt tushunchasi6
- II bob. Ta’limda qo‘llanilishi9
- III bob. Muammolar va istiqbollar12
- Xulosa15
- Foydalanilgan adabiyotlar18
- bet hajmdagi referat
- 5–35
- o‘zbek, rus va ingliz
- 3 til
- yuklab olish formatlari
- DOCX · PDF
- varag‘i avtomatik tuziladi
- Titul
Qanday ishlaydi
Referat yozish uch qadamda
- 01
Mavzu va ma’lumotlar
Mavzu, fan va tilni kiriting. Titul varag‘i uchun universitet, fakultet, guruh va o‘qituvchi ismini yozing.
- 02
Rejani tasdiqlang
AI bob va bo‘limlardan iborat reja tuzadi. Uni ko‘rib chiqib, yozishni boshlaysiz.
- 03
Yuklab oling
Tayyor referatni o‘qib chiqing, kerak bo‘lsa tahrirlang va Word (DOCX) yoki PDF qilib saqlang.
Imkoniyatlar
Referat uchun kerakli hamma narsa
01
To‘liq tuzilma
Kirish, boblar, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati bilan yaxlit matn.
02
Titul varag‘i
Universitet, fakultet, kafedra, talaba va o‘qituvchi ma’lumotlari bilan tayyor titul varag‘i.
03
Manbalarni o‘rganadi
Yozishdan oldin AI mavzu bo‘yicha manbalarni o‘rganib chiqadi va matnni shularga tayanib yozadi.
04
Tahrirlash
Tayyor referatni editorda ochib, istalgan joyini o‘zgartirishingiz mumkin.
05
Uch tilda
Referatni o‘zbek, rus yoki ingliz tilida yozdiring.
06
Word va PDF
Referatni DOCX formatida yuklab olib Word’da ishlashni davom ettiring yoki PDF qilib topshiring.
Kimlar uchun
Referat topshiradigan har kim uchun
Talabalar
Har bir fan bo‘yicha referatni boshidan yozish o‘rniga tayyor qoralamadan boshlang.
Maktab o‘quvchilari
Mavzu bo‘yicha tartibli, bob-bob yozilgan matn va manbalar ro‘yxati.
Magistrantlar va o‘qituvchilar
Adabiyotlar sharhi va mavzuga kirish uchun tez tayyorlanadigan asos.
Ko‘p so‘raladigan savollar
Referat yozish qancha vaqt oladi?
Reja bir necha soniyada tuziladi, matn esa hajmiga qarab bir necha daqiqada yoziladi.
Referat necha betdan iborat bo‘ladi?
Yaratishdan oldin hajmni tanlaysiz: 5–8, 10–14, 15–18, 20–25 yoki 30–35 bet.
Referat yuzi (titul varag‘i) ham bo‘ladimi?
Ha. Universitet, fakultet, kafedra, ism, guruh, o‘qituvchi va shaharni kiritsangiz, titul varag‘i tayyor holda chiqadi. Bo‘sh qoldirilgan maydon chiziq bo‘lib chiqadi va uni qo‘lda to‘ldirasiz.
Referatni Word formatida yuklab olsa bo‘ladimi?
Ha, Word (DOCX) va PDF formatlarida yuklab olinadi.
Qaysi tillarda yozadi?
O‘zbek, rus va ingliz tillarida.
Matnni tekshirish kerakmi?
Ha. Matn AI yordamida yoziladi, shuning uchun topshirishdan oldin o‘qib chiqing, manbalar va raqamlarni tekshiring.
Referat namunasi bormi?
SlideMind tayyor namuna emas, aynan sizning mavzuingiz bo‘yicha yangi referat yozadi. Uni tahrirlab, o‘zingizga moslaysiz.
SlideMind bilan yana nimalar qilish mumkin
- Slayd tayyorlashMavzuni yozing — sun’iy intellekt bir daqiqada tayyor slayd yaratadi. O‘zbek tilida, tahrirlanadi, PowerPoint va PDF. Birinchi taqdimot bepul.
- Taqdimot yaratishPrezentatsiya tayyorlash oson: mavzuni yozing, AI reja, matn va dizaynni o‘zi tuzadi. Tahrirlang va PowerPoint yoki PDF qilib yuklab oling.
- Mustaqil ish yozishAI mustaqil ishni nazariy va amaliy qismi, jadval, grafiklar va betlik (titul varag‘i) bilan yozadi. Topshiriqni qo‘shing, Word yoki PDF oling.
- Kurs ishi yozishKurs ishi mavzusini yozing — AI reja, kirish, boblar, xulosa, adabiyotlar va betlik bilan 30–35 betgacha yozadi. Word yoki PDF qilib oling.
- Telegram bot@slidemindbot’ga mavzuni yozing — AI taqdimotni PDF va PPTX qilib chatga yuboradi. Referat va mustaqil ish ham botda: PDF va Word. O‘zbek, rus, ingliz.
- Titul varag‘iTitul varaqasini bepul yarating: referat, mustaqil ish va kurs ishi beti (betlik) universitet talabi bo‘yicha. Word (DOCX) yoki PDF, bo‘sh namuna ham bor.
- Slayd namunalariTaqdimot uchun 30 dan ortiq tayyor slayd namunasi va dizayn: ilmiy ish, biznes, dars va ijod uchun. Mavzuni yozing, AI tanlangan dizaynda slaydlar yaratadi.
Referatingizni bugun tayyorlang
Mavzuni yozing, rejani tasdiqlang va tayyor referatni Word yoki PDF qilib yuklab oling.
Obuna yo‘q: faqat yozdirgan hujjatingiz uchun to‘laysiz
